03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Turizm
25 Fevral  2020 1208

Buyuk Britaniya OAV vakillari «Beldersoy»da

15-21-fevral kunlari yurtimizda Buyuk Britaniyaning OAV vakillari uchun press-tur o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buyuk Britaniyaning o‘nta nufuzli OAV vakillari uchun press-tur o‘tkazildi.

 Press-turning maqsadi - O‘zbekistondagi tog‘-chang‘i turizmi imkoniyatlarini va mamlakatda qishki turizm salohiyatini ommalashtirish hamda xalqaro auditoriyaga keng yoritish. Guruh tarkibiga O‘zbekiston turizm brendining Buyuk Britaniyadagi elchisi Sofi Ibbotson, «Metro» nashrining muxbiri Demian Gabet, «The Telegraph» nashrining muxbiri Feliks Milne, «City A.M» nashrining muxbiri Raynoi Eli, «The Evening Standard» nashrining muxbiri Maykl Makichiran, «The Snow» nashrning muxbiri Styuart Deyli, «The Snow Enthusiast» muxbiri Jastin Gosling, «Culture Trip» muxbiri Tristan Kennedi «The Financial Times» muxbiri Simon Usborn va fotograf Jon Fray kirgan. 

Xorijiy delegatsiya ishtirokchilari Toshkent viloyatidagi «Amirsoy», «Beldersoy» va «Charos» tog‘ kurortlarida bo‘lishdi.

16-fevral, yakshanba kuni guruhning bir qismi uchun heli-skiing (vertolyot bilan tog‘i cho‘qqisiga ko‘tarilib chang‘ida tushish) turi hamda jarayonni vertolyotdan suratga olish ishlari uyushtirildi. 

Sayyohlik sohasiga ixtisoslashgan jurnalistlar safar natijalariga ko‘ra Britaniya nashrlarida O‘zbekistondagi qishki turizm imkoniyatlarini yoritishni rejalashtirmoqdalar, deya xabar beradi Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech