31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Mamlakatimizda
2 Aprel  2020 558

Bugun Oʻzbekistonning eng yosh gazetasi 50-sonini chiqardi, eng keksa gazetasi esa 103 yoshga toʻldi

Bugun “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 50 soni nashrdan chiqdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-yanvardagi qarori asosida “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda vostoka” gazetalari tahririyati davlat korxonasi tashkil qilingan edi.

Qizigʻi, bugun yurtimizda nashr etilayotgan eng keksa va eng yosh gazeta bitta tahririyatda faoliyat olib bormoqda. Bugun “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 50-soni nashrdan chiqibdi. Bundan ham quvonchlisi, “Pravda Vostoka” gazetasi chop etila boshlaganiga 103-yil boʻlibdi.

Chindan ham mazkur gazetalarning yangi sonlarida turli mavzular qamrab olingan boʻlib, maqolalar puxta tayyorlangani, sahifalashda ham mehr va mahorat bilan ishlangani yaqqol aks etib turibdi.

Ishonamizki, ushbu gazetalar oʻzlariga bildirilgan ishonchni oqlashga, oʻquvchilari koʻngliga maʼqul keluvchi va ularga foydali boʻladigan materiallarni taqdim etishga astoydil intilmoqdalar.

Mazkur gazetalarda mehnat qilayotgan barcha ishchi-xodimlarni ushbu sana bilan qutlab, kelgusidagi faoliyatlariga omad tilaymiz.

Yurtimizdagi har bir nashr xalqaro darajada yuksak nufuzga sazovor boʻlsin!

OʻzA

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech