20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Sport
17 Yanvar  2019 1632

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi 3-tur o‘yinida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan Yaponiyaga qarshi o‘yinlar tarixiga to‘xtalib o‘tsak.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi jami 10 ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 1 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 3 ta o‘yin durang bilan tugagan, 6t a uchrashuvda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rganmiz. To‘plar nisbati 9-28 - Yaponiya foydasiga.

Tariximizdagi yagona g‘alabani 2012-yil 29-fevral kuni qo‘lga kiritganmiz. O‘shanda Aleksandr Shadrin tomonidan kiritilgan yagona gol vakillarimizga g‘alaba taqdim qilgandi.  

11.09.1996 Yaponiya - O‘zbekiston 1:0

09.12.1996 Yaponiya - O‘zbekiston 4:0

07.09.1997 Yaponiya - O‘zbekiston 6:3

11.10.1997 O‘zbekiston - Yaponiya 1:1

17.10.2000 Yaponiya - O‘zbekiston 8:1

15.10.2008 Yaponiya - O‘zbekiston 1:1

06.06.2009 O‘zbekiston - Yaponiya 0:1

06.09.2011 O‘zbekiston - Yaponiya 1:1

29.02.2012 Yaponiya - O‘zbekiston 0:1

31.03.2015 Yaponiya - O‘zbekiston 5:1

Yaponiya ayni paytda FIFA reytingida 50-o‘rinda bormoqda. OFK reytingida esa 3-pog‘onani egallab turibdi. «Samuraylar» Osiyo Kuboklarida hammadan ko‘p jami 4 marta g‘alaba qozonishgan (1992, 2000, 2004 va 2011-yillar). Jami 8 marta Osiyo Kubogida ishtirok etib, 41 ta o‘yin o‘tkazishgan. Shulardan 24 tasida g‘alaba qozonib, 12 ta o‘yinda durang qayd etishgan va atigi 5 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan.

Ko‘rinib turibdiki, raqibimiz O‘zbekistonga qarshi o‘yinlar va Osiyo Kubogi musobaqalarida maqtansa arzigulik tarixga ega. Ammo bugun bizning terma jamoamiz yaponlarga har tomonlama yaxshigina qarshilik ko‘rsata oladigan, kerak bo‘lsa, ularni mag‘lub eta oladigan kuchga ega. Futbolchilarimizga bu o‘yinda omad tilaymiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da (Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da) Al-Ayn shahridagi «Xalifa bin Zayd» stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘FA matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech