09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Salomatlik
1 Iyun  2020 620

Bugun ham 54 nafar bemor kasallikni yengdi

Samarqandda 7 nafar, Toshkentda 47 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami sogʻayganlar 2 837 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 72 yoshda, yoshi kichigi esa 5 yoshda.

Samarqandda hozirga qadar sogʻayganlar soni 281 nafarga yetdi.

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 33 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 14 nafar, jami 47 nafar bemor sogʻayib chiqdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 23 nafari erkak, 10 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda. Ular orasidan 1 nafari Qozogʻiston Respublikasidan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda.

Toshkentda endilikda sogʻaygan bemorlar soni 1 110 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun yurtimizda hozirga qadar 54 nafar bemor tuzalib, sogʻayganlar soni 2 837 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech