14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14 °C

Sport
20 Sentyabr  2019 441

Bugun “Humo arena”da dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasi boshlanadi

Bugun poytaxtimizdagi muhtasham “Humo arena” muz saroyida dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasi start oladi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqa 3 kun davom etib, unda sayyoramizning 70 dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan 500 ga yaqin mohir dzyudochilar g‘alaba yo‘lida kurash olib borishadi.

Bugun yengil vazn toifalarida bahslar o‘tkaziladi. Unda erkaklar -60 kg, -66kg, ayollar -48 kg, -52 kg va -57 kg vazn toifalarida raqobatlashadilar. Reglamentga ko‘ra, bunday musobaqada mezbon davlat har bir vazn toifasida 4 nafardan ishtirokchisini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Shu tariqa bugun 20 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech