05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,9 °C

Salomatlik
6 Iyun  2020 388

Bugun 160 bemor sogʻaydi

Yurtimizda bir yoʻla 160 nafar bemor tuzalib rekord natija qayd etildi, yurtimizda jami sogʻayganlar soni 3 247 nafarga yetdi.

Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida 83 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 34 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar hamda 3-sonli tugʻruq majmuasida 1 nafar, jami 140 nafar bemor sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Ular orasida 84 yoshli onaxonning ham bor.

Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1 374 nafarni tashkil etadi.

Undan tashqari Navoiy viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar, jami 20 nafar bemor sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Navoiyda tuzalganlarning 10 nafari erkak, 4 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda.

Navoiyda endilikda sogʻayganlar soni 110 nafarga yetdi.

Samarqandda tuzalganlarning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 40 yoshda, yoshi kichigi 24 yoshda.

Samarqandda endilikda sogʻayganlar 318 nafarga yetdi.

Andijon viloyatida tuzalganlar 50 yoshli va 32 yoshli erkak kishi.

Andijonda endilikda sogʻayganlar soni 177 nafarga yetib, koronavirusdan xoli hudud boʻlishga juda yaqin turibdi.

Shunday qilib, bugun kun davomida 160 nafar bemor tuzalib, avvalgi kunlarga nisbatan rekord marra zabt etildi. Endilikda mamlakatimizda jami sogʻayganlar 3 247 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech