30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Biznes
14 Iyul  2020 1125

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi

2020-yil 14-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4782-sonli “Har bir oila – tadbirkor” dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻirlashgan oilalarning bandligini taʼminlash orqali ularga daromad manbaini yaratish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha ravishda 98 million dollar:

- “Agrobank” ATBga – 40 million dollar;

- AT Xalq bankiga – 30 million dollar;

- “Mikrokreditbank” ATBga – 28 million dollar ekvivalentida mablagʻlar ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga – 2 million dollar;

- Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yana-da rivojlantirish uchun Namangan viloyati hokimligiga – 50 million dollar ajratiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech