29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,6 °C

Turizm
23 Iyul  2020 1584

“Bogʻi baland” eng gavjum sayyohlik hududiga aylanadi

Samarqand shahridagi “Bogʻi baland” majmuasi – Amir Temur tomonidan asos solingan, Zarafshon daryosining chap qirgʻogʻida, Choʻponota tepaligining yonbagʻrida joylashgan mashhur bogʻlardan biri. Kattaligi 40 gektarni tashkil etgan afsonaviy bogʻda Samarqandning dunyoga mashhur, jannat mevasi — anjir yetishtiriladi.

Turistik mahallani eng gavjum turizm hududiga aylantirish maqsad qilinib, qoʻshimcha xizmatlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Xususan, maskan hududida anjir yetishtiruvchi bogʻ xoʻjaliklari tomonidan mehmonlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda tabiatga zarar yetkazmagan holda dam olish burchagini tashkil etish ishlari boshlangan. Aynan shu yerda milliy uslubdagi shiyponlar qurilib, milliy taomlarni tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Bogʻga tashrif buyuradigan sayyohlar 200-300-yillik anjir daraxtlaridan hosilni yigʻishda ham bevosita ishtirok etishlari mumkin. Mahallada turistlarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida savdo majmuasi, oziq-ovqat shoxobchalari, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, sanitariya-gigiyena markazlari, bepul Wifi zonalarini tashkil etish boʻyicha amaliy ishlar ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, mahallada turistlardan katta talabga ega boʻlishi kutilayotgan sayyohlik dasturini yaratish boʻyicha amaliy ishlar ham allaqachon boshlanib ketgan. Jumladan, Anjirzor koʻchasi boʻylab mehmon uylari, animatsiya markazlari va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Bogʻ hududida 2 ta kichik mehmonxona barpo etilib, agro va ekoturizmni rivojlantirish ham nazarda tutilgan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech