25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Dolzarb
24 Mart  2019 752

Sayohat kemasi yo‘lovchilarini qutqarishga vertolyotlar jalb etildi

Qutqaruvchilar Norvegiyaning sayohat kemasidan 1300 nafar kishini evakuatsiya qilmoqda.

«Vayking Skay» sayohat kemasining yuritgichi buzilib qolgan. Qutqarish ishlariga vertolyotlar safarbar etilgan.

«Vayking Skay» Norvegiyaning Myorge-og-Romsdal guberniyasidagi o‘ta xavfli sanalgan qirg‘oqlaridan 4-5 kilometr masofada qolib ketdi.

Halokat signali jo‘natilganda layner qirg‘oqlar tomonga surilib borgan, biroq kema ekipaji yuritgichlardan birini o‘t oldirishga muvaffaq bo‘lgan va xavfli sohildan uzoqroqqa keta olgan, deya xabar tarqatadi Reuters agentligi.

bbc.com surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech