23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Ta'lim
9 May  2020 1977

Britaniya universiteti ochiladi

2020-yil 8-mayda Hukumatning 272-sonli «Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti (Universitet) tashkil etiladi.

Respublika iqtisodiyoti real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biridir.

Universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitetda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilinadi:

- «Loyihalarni boshqarish»;

- «Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish»;

- «Tadbirkorlik va innovatsiyalar»;

- «Xalqaro elektron tijorat»;

- «Raqamli iqtisodiyot».

Universitetda ta’lim faoliyati 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech