01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Xavfsizlik
6 May  2020 331

Bosqinchilar aniqlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Mundiyon mahallasida bosqinchilik jinoyati sodir etilgan.

2020-yil 25-aprel soat 00:15 da ikki nafar noma’lum shaxs bosh va qo‘llariga niqob kiyib, temir jism va yog‘och tayoq bilan qurollanib, Kattaqo‘rg‘on tumani Mundiyon mahallasida yashovchi fuqaroning uyiga qarovsiz holdagi, qurilishi tugallanmagan qo‘shni uyning devoridan oshib kirgan. Va yotoqxonasida uxlab yotgan uy egasiga hujum qilib, qo‘llaridagi temir jism va yog‘och tayoq bilan uning boshi va tanasining boshqa sohalariga bir necha marotaba urib, zo‘rlik ishlatib, uni uyning yonida joylashgan xususiy do‘koniga olib chiqqan. Do‘kon kassasida bo‘lgan 2 500 000 so‘m pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.  

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov  boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni muqaddam Rossiya Federatsiyasida bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan 27 yoshli va 28 yoshli fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida qo‘lga olingan 28 yoshli shaxs jinoyat sodir etgan kuni o‘zining qo‘lidagi temir jism mix sug‘irgichni ariqqa tashlab yuborganligini ko‘rsatib o‘tgan. Shunday qilib, ushbu fuqaro ko‘rsatgan joydan ashyoviy dalil tariqasida qo‘l qoplar va bir dona mix sug‘irgich protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan. Ushbu ikkala shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech