06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Salomatlik
1 Iyun  2020 330

Boshqa kasallikdan vafot etgan

 Kitoblik bemor koronavirusdan emas, yondosh kasalliklari tufayli vafot etgan.

 

Avval xabar qilganimizdek, Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik boʻyicha gumonlanish holati qayd etilgan edi. Gumonlanuvchi, 1963-yilda tugʻilgan fuqaro Kitob tumanida yashagan. U 2020-yil 10-aprelda Qozogʻiston Respublikasiga ketgan. Joriy yil 9-mayda yurtimizga qaytib kelgan va Toshkent viloyatidagi Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingan. 10-mayda esa Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi terapiya boʻlimiga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.

Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemorda COVID-19 infeksiyasi aniqlanmagan. Bundan avval u jigar sirrozi tashxisi bilan davolangan.

Shu yil 29-mayda Kitob tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga olib kelingan. Koronavirus infeksiyasiga olingan tahlil unda gumon natijani qayd etgani bois surtma namunalari 31-mayda oʻrnatilgan tartibga koʻra, maxsus laboratoriyaga yuborilgan. Shu kuni u oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Koronavirusga gumonlangan marhum bilan muloqotda boʻlgan barcha fuqarolar ehtiyot chorasi sifatida statsionar va uy karantiniga olingan. Kitob tuman hududi toʻliq karantinga yopilgan.

Shu yil 31-mayda yuborilgan surtma namunalarining takror tekshiruv natijalariga koʻra, marhum bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Demak, bir oy ichida oʻtkazilgan ikkinchi bor diagnostik tahlil ham ushbu shaxs COVID-19 infeksiyasiga chalinmaganligini koʻrsatgan. U yondosh kasalliklar tufayli vafot etganligi maʼlum boʻldi. Shunday boʻlsada, qatʼiy sanitariya qoidalariga koʻra, karantinga olingan fuqarolar maʼlum muddat tibbiy kuzatuvda boʻlishadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech