26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Agrosеktor
15 Iyun  2020 1346

Boshoqli don xarid narxi belgilandi

Davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxlari belgilandi.

 

2020-yil 15-iyunda Hukumatning 378-sonli “2020-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil hosilidan davlat resurslariga 3 019 ming tonna, shu jumladan, 293,5 ming tonna urugʻlik don xarid qilinadi.

Qaror bilan ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxlari belgilandi. Xususan, 1 sinf qattiq bugʻdoyning xarid narxi (qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan) 1 tonna uchun 2 543 180 soʻmni tashkil etadi.

Barcha don tayyorlov korxonalari va gʻallachilik klasterlari qoʻshimcha xarid qilinadigan donni xoʻjaliklar bilan kelishilgan narxlarda shartnoma asosida xarid qiladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech