22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Biznes
30 Aprel  2020 6242

Bosh vazir qabulxonasi Toshkent tadbirkorlarining har bir murojaatini ko‘rib chiqadi

Koronavirus infeksiyasining qisqa muddat ichida global miqyosda tarqalishi deyarli barcha mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatning yomonlashuviga olib kelmoqda.

Karantin davri O‘zbekistonda asosan joriy yilning II choragiga to‘g‘ri kelishi va shu davrda iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi Davlat byudjeti barqarorligiga, eng asosiysi ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarning barqaror faoliyat yuritishiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Koronavirus infeksiyasi respublikamizda hukmron bo‘lib turgan davrda aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta'minlash, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi  tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rayotgan tadbirkorlar va ishbilarmonlarning 744 ta murojaatining aksariyati (82 foiz) qanoatlantirilishiga, qolgan qismini esa huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilishiga erishildi.

Toshkent shahar Bosh vazir qabulxonasi tomonidan koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining (krediti va lizing to‘lovlari muddatini uzaytirish, avtotransport harakati uchun maxsus ruxsatnoma olish, soliq, ijara va kommunal to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar, preferensiyalar, eksport-importga yoki boshqa sohaga oid) murojaatlarini qisqa muddatlarda sifatli ko‘rib chiqmagan davlat idoralari va mahalliy hokimlik organlarining 50 nafar mas'ul shaxslariga nisbatan jazo choralari qo‘llanildi va ushbu davlat tashkilotlarning rahbarlarini tadbirkorlik sub’ektlarining yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarni hal etish maqsadida qilgan murojaatlariga alohida e’tibor qaratish, rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiyaga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha ogohlantirishlar berildi.  

Agar Siz ham koronavirus pandemiyasi natijasida tadbirkorlik faoliyatingizda zarar ko‘rayotgan bo‘lsangiz, Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulxonasining 11-00 ishonch telefoniga yoki business.gov.uz yagona interaktiv portaliga yohud ShTABning (95) 144-27-00 telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.     

Toshkent shahridagi Bosh vazir qabulxonasi tomonidan tadbirkorlarning har bir murojaatiga va qonuniy talablariga alohida e'tibor qaratgan holda qisqa muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri darajasida sifatli ko‘rib chiqilishi ta'minlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech