06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Tashvishli xabar
15 Mart  2020 1631

Bosh prokuratura: Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini qoʻllash ham nazarda tutilgan

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi karantin va cheklov tadbirlarini buzganlik va kasallik oʻchogʻiga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda boʻlganlik haqidagi maʼlumotlarni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatib oʻtdi.

Bayonotda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, yani 257-1-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qoʻllash nazarda tutilgan.
 
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, yani 54-moddasida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati boʻyicha — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻrsatilgan.
 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech