25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Yashil sayyora
25 Mart  2020 1414

Bo‘ri va noyob Buxoro qo‘yi hayvonot bog‘iga topshirildi

Termiz hayvonot bog‘idagi jonivorlar soni ko‘ngilli fuqarolar tomonidan yana uchtaga boyidi. Bu haqda Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi malum qildi.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalari xodimlari hamkorligida joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilgan qo‘shma tadbir chog‘ida Sho‘rchi tumani Joyilma mahallasida yashovchi fuqaroning o‘zi bergan xabariga ko‘ra, uning uyida saqlanayotgan Qizil kitobga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi va tumanning Xushchekka mahallasida yashaydigan fuqaroning uyida saqlanayotgan bir bosh bo‘ri ko‘ngilli ravishda ulardan qabul qilib olindi. Shundan so‘ng jonivorlarning xavfsiz va doimiy nazoratda bo‘lishini ta'minlash uchun belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.

Buxoro qo‘yi O‘zbekiston va Jahon Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ushbu tur butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi va jahon faunasining TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.

Hozirgacha Termiz hayvonot bog‘ida 127 turdagi 760 dan ortiq jonzot parvarish qilinayotgan edi.

Ayni paytda bo‘ri va Buxoro qo‘ylari malakali mutaxassislar nazoratida, deb xabar beradi Surxandaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech