22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Biznes
25 Iyun  2020 906

Boltiqboʻyi Mirzaobod qovunlariga talabgor

Sirdaryoning Mirzaobod tumanidan Latviyaning” LB ” LLC korxonasiga 18 tonna qovun yuborildi.

Oʻzbekistonlik dehqonlar yetishtirgan poliz mahsulotlari “Red Pack” korxonasi tomonidan eksportga tayyorlandi.

Mazkur korxona bugungi kunga qadar Yevropa davlatlariga qovun va qovun mahsulotlarini “ROMAS” brendi ostida eksport qilib kelmoqda.

“Red Pack” korxonasi eksport uchun sifatli mahsulotlar yetkazib berish uchun harakat qilmoqda. Ayni paytda korxona Mirzaobod tumanida 4 gektar maydonda 5 milliard soʻmdan ortiq investitsiya evaziga muzlatkich qurishni boshladi.

Hozirgi kunda korxonada Latviya, Germaniya va Belarusga eksport qilish uchun qovunlarning navbatdagi joʻnatmasini qadoqlash davom etyapti, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech