26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,6 °C

Ta'lim
1 Aprel  2020 1360

Bolalarni karantin vaqtida uyda o‘qitish

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Milliy teleradiokompaniya yordamida ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi ta’lim berishda uslubiy yordam sifatida «Onlayn bolalar bog‘chasi» dasturini ishlab chiqdi. U o‘z ichiga quyidagi ta’lim loyihalarini qamrab oladi:

— «Ilk qadam» — 3-5 yoshdagi bolalar uchun;

— «Aqlvoy» — 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlash uchun.

Loyihalar nimalarga bag‘ishlangan?

20-25 daqiqalik ushbu videolavhalar «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan. Har bir mashg‘ulot mavzusi maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirishning 4-5 soha: atrof olamni o‘rganish, ijodiy va ta'lim olish, nutq va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishni qamrab oladi:

«Ilk Qadam» - bu:

- quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;

- interfaol o‘yin shaklidagi ingliz tili mashg‘uloti;

- mental arifmetika va matematik hisob asoslari;

- yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaharlari haqida ko‘rsatuvlar to‘plami);

- mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari);

- logoped bilan mashg‘ulot.

«Aqlvoy» — bu:

— MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Tamaraxonim) ishtirokidagi bolalar ta'lim ko‘rsatuvlari;

— mahorat sinflari;

— uy sharoitlarida amaliy tajribalar.

Mashg‘ulotlarni qaerda tomosha qilish mumkin?

TeLeVIDeNIe

1-apreldan boshlab «Bolajon» telekanalida dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 16:00 gacha.

INTeRNeT

Onlayn-mashg‘ulotlar quyidagi internet-resurslarda joylashtiriladi:

— MTV rasmiy sayti: http://Mdo.uz

— Youtube:  https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3Jzcms...

— instagram: @mdo.uz (https://instagram.com/mdo.uz)

— facebook: @mtv.gov.uz (https://www.facebook.com/mtv.gov.uz/)

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech