24 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Kеyingi avlod
5 Yanvar  2019 1406

Bolalar qonunlarni bilishadimi?

Xalq ta’limi va Adliya vazirliklari aholining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish dasturni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari ushbu yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish zarurligi haqida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26-yilligiga bag‘ishlangan tadbirdagi ma’ruzasida gapirgandi. Dastur doirasida mahkamalar qonun ustuvorligini ta’minlash, uni amalda ijro etish va kasbga oid normativ hujjatlarning keng ilgari surilishi, yosh avlodning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, mehnat qonunchiligiga mos holda soha xodimlari ishini tashkil etish borasidagi aloqalarni yo‘lga qo‘yadilar. Mahkamalar korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish, bunday vaziyatlarda tezkor va anonim xabar yetkazish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ta’limdagi nuqsonlar va muammolar haqidagi xabarlarga tezkor munosabat bildirish ustida ishlashni rejalashtirmoqda.

Vazirliklar turli mavzularga bag‘ishlangan qonunlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan materiallarni tayyorlaydi va tarqatadi. Maktablarda «Huquqiy savodxonlik oyligi» va maxsus mashg‘ulotlar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida pedagoglarning jamiyatdagi maqomini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bulg‘usi yuristlarni tayyorlash bo‘yicha dasturni amalga oshirish ham nazarda tutilyapti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech