22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Mamlakatimizda
19 Fevral  2019 1395

Bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali

 

Qarorga muvofiq, 2019-2020-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari tashkil etiladi.

Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazi tashkil etildi.

Bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari birinchi navbatda ippodromlar hududida tashkil etiladi.

2019-yilda ot sporti bo‘yicha hududlar va respublika birinchiligi musobaqalari o‘tkaziladi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ippoterapiya uslubi (otda yurish orqali fizioterapevtik davolash) yordamida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech