13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

IT-xabarlar
29 Avgust  2019 727

Bolalar bog‘chasi uchun to‘lovni “QR kod” orqali amalga oshirish imkoni yaratildi

Xalq banki tomonidan Toshkent shahridagi maktabgacha ta'lim muassasalarining to‘lovlarini qabul qilishni tezlashtirish va zamonaviylashtirish bo‘yicha “QR kod”li yangi xizmat turi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.

Bank matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu xizmat turi bir qator afzalliklarga ega. Misol uchun, to‘lovni amalga oshirish uchun bank filialiga borish shart emas, to‘lovni masofadan turib amalga oshirish mumkin. Shuningdek, to‘lovni amalga oshirish uchun to‘lov hujjatlarini to‘ldirishga ham hojat yo‘q, yana ham ahamiyatlisi, to‘lov ma'lumotlarini noto‘g‘ri kiritib qo‘yish tavakkalchiligi bartaraf etilgan.

QR kodlarni maktabgacha ta'lim muassalaridan yoki Xalq banki rasmiy saytidan olish mumkin.

To‘lovni amalga oshirish uchun QR kodini “Xalq mobile” ilovasidagi QR skanerdan o‘tkazish va istalgan bank kartasidan foydalanish mumkin. Shuningdek, to‘lovni amalga oshirib, elektron kvitansiya mobil ilovada saqlab qo‘yilsa, takroran QR kodni skanerdan o‘tkazish zarurati tug‘ilmaydi.

Tez kunlarda ushbu xizmat turini respublikaning boshqa hududlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalarida ham joriy qilish rejalashtirilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech