04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Xavfsizlik
24 Oktyabr  2019 983

Yunusoboddagi maktabda bola o‘g‘irlashga urinish bo‘lgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab atrofida bola o‘g‘irlashga urinish holati haqidagi xabarlar tarqaldi. XTV matbuot xizmati tarqalgan xabar bo‘yicha ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, 21-oktabr kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab tashqarisida, taxminan soat 13:10 da bola o‘g‘irlashga urinish ro‘y bergan.

Maktab o‘quvchilariga hyech qanday ziyon yetmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu voqyea yuzasidan yakuniy ma'lumot surishtiruv ishlari tugagach taqdim qilinishi aytilgan.

Ota-onalar diqqatiga!

Barcha ta'lim muassasalarida o‘quvchi xavfsizligi uchun kerakli choralar ko‘riladi. Sizlardan farzandingizni maktabdan uyga yetib olishini o‘z nazoratingizga olishingizni so‘raymiz, deyiladi vazirlik ma'lumotida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech