24 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16 °C

Sport
28 Mart  2019 1196

Bokschilarimiz Boku turnirini muvaffaqiyatli boshlashdi

Ozarbayjon poytaxtida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa start oldi. Musobaqaning birinchi kun dasturida Hasanboy Do‘smatov, Foziljon Abdumurodov, Aliyor Noraliyev va Dilshodbek Ro‘zmetov kabi vakillarimiz ringga chiqib, raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

 

-52 kg: Hasanboy Do‘smatov – Axtem Zakirov (Rossiya) 5:0
-52 kg: Foziljon Abdumurodov – Mirmehdi Mehtizada (Ozarbayjon) 5:0
-64 kg: Aliyor Noraliyev – Elnur Aliyev (Ozarbayjon) 5:0
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Andrey Kovalchuk (Rossiya) 5:0

Bugun bo‘lib o‘tadigan dasturda -60 kg, -69 kg va 75 kilogramm vazn toifalarida vakillarimiz jang olib borishadi.

-60 kg: Shukurjon Rahimov – Nurlan Safarov (Ozarbayjon)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Serdar Amangeldiyev (Turkmaniston)
-75 kg: Oqmurod G‘aforov – Rasim Chobanli (Ozarbayjon)

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech