17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,4 °C

Sport
18 Dekabr  2018 1165

Boks: yetakchilikni isbotlash ham kerak

Samarqandda o‘ziga xos yil yakunlari hisoblangan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi.

Ringga yoshlar bilan bir qatorda dunyoga taniqli sportchilar ham ko‘tarildi. Bellashuvlar chog‘ida boks ustalarining ham yangi avlod vakillari bo‘lgan kuchli, intiluvchan yosh bokschilarimiz bosimiga dosh bera olmagan holatlar ham bo‘ldi.

Finalda Iqboljon Xoldorov tobora mahorati oshib borayotgan jizzaxlik Bobousmon Baturovga yutqazib qo‘ydi, Olimpiadaning bronza medali sohibi Rustam To‘laganov Toshkent viloyati terma jamoasi vakili Madiyor Saidrahimovga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Taniqli bokschilardan faqat Jahon va Olimpiada o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatovgina o‘z shuhratini saqlab qola oldi. Eslatib o‘tamiz, andijonlik bokschi boshqa, 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga chiqdi.

Musobaqalarda mezbon sportchilar ham munosib ishtirok etdi. Samarqandlik Xurshid Abdullaev (81 kg) va Fanat Qahramonovlar (75 kg) chempion bo‘ldi. Ular ko‘hna shahar bokschilarining shonli an’analarini tiklashmoqda.

Buxorolik Abdulhay Shorahmetov (57 kg), Aliyor Noraliyev (63 kg) va superog‘ir vazndagi Ulug‘bek Mubinovlar ham shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy egalladi. Endi ular ham terma jamoaning birinchi raqamli sportchilariga aylanishdi va kelasi yili 2020-yilda Tokio (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradilar.

Timur Nizayev.
«Pravda Vostoka» sharhlovchisi.

uzreport.news surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech