17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,1 °C

Sport
2 Fevral  2019 1784

Boks federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti iste’foga chiqariladi

O‘zbekiston boks federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Sherzod Toshmatov iste'foga chiqariladi, deb xabar tarqatdi Go Sport.uz sayti.

Xabarda yozilishicha, 2-fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida yig‘ilish bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqiladi. Majlisda Sherzod Toshmatov vazifasidan ozod qilinib, boks federatsiyasiga yangi birinchi vitse-prezident tayinlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sherzod Toshmatov 2014-yilning noyabr oyidan federatsiyada faoliyat yuritib keladi. Federatsiya prezident Ochilboy Ramatov bir vaqtning o‘zida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbari, O‘zbekiston futbol federatsiyasining prezidenti bo‘lgani bois, federatsiyani asosan Toshmatov boshqarib kelgan.

Toshmatov davrida havaskorlar bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan. Jumladan, 2016-yilgi Rio olimpiadasida 3ta oltin (jami 7ta) medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan, 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida esa 5ta oltin, 2ta kumush medallari bilan yakunda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni, yil yakunlari bo‘yicha esa Osiyoning eng yaxshi federatsiyasi nomini qo‘lga kiritgan.

Sherzod Toshmatov 2016-yilning 17-dekabrida Osiyo boks federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga ham tayinlangandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech