23 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,2 °C

Sport
18 Aprel  2019 866

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi

Xabaringiz bo‘lsa, ertaga Tailand poytaxtida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Bugun an’anaga ko‘ra, musobaqadan avval vazn o‘lchash jarayoni va qu’ra tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Tabiiyki, ko‘plab muxlislar uchun qur’a natijalari qiziq. Unga ko‘ra, vakillarimiz musobaqani reyting pog‘onalariga qarab turli bosqichlardan boshlashadi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarning qur’a natijalari esa quyidagicha:

– 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – D.Xasebe (Yaponiya)
– 52 kg: Hasanboy Do‘smatov – T.Drugel (Butan)
– 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – A.Alibekov (Qirg‘iziston) / N.Simfavong (Laos)
– 60 kg: Shukurjon Rahimov – K.Choe (KXDR)
– 64 kg: Shunqor Abdurasulov – K. Al-Ezire (Iroq)
– 69 kg: Bobo-Usmon Boturov – B.Ganbatar (Mo‘g‘uliston)
– 75 kg: Isroil Madrimov – T. Vu (Vetnam)
– 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov – B. Yadav (Hindiston)
– 91 kg: Sanjar Tursunov – X. Xan (Xitoy) / S. Boboshev (Qirg‘iziston)
+ 91 kg: Bahodir Jalolov – X. Mu (Xitoy)

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech