18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,2 °C

Mamlakatimizda
14 Fevral  2019 1446

Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan bayram aksiyasi o‘tkazilmoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ko‘magida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536  yilligi munosabati bilan #BoburDay sayli bayram aksiyasi o‘tkazilmoqda.

 Mazkur aksiyada  o‘zini milliy qadriyatlarimizga daxldor deb biluvchi ijodkor yurtdoshlarimiz  faol ishtirok etmoqda. Ishtirokchilar universitet hududida o‘rnatilgan buyuk siymo Bobur tavallud kuniga bag‘ishlab tayyorlangan maxsus bannerlar, dekoratsiya va illyustratsiyalar atrofida suratga tushib, o‘z ishtiroki va munosabatini on-layn tizimda turli ijtimoiy tarmoqlarda aks ettiryapti.

 Aksiyada el sevgan taniqli san'atkorlar, kino va teatr aktyorlari, sportchilar qatnashmoqda.

 Jahon trendlaridan biriga aylanib ulgurgan #BoburDay xesh-tegi mana bu yil ham Internet foydalanuvchilari o‘rtasida yana bir bor ulug‘ allomaning hayoti va ijodini faol targ‘ib qilib, yoshlar o‘z tengdoshlari bilan dunyoning barcha burchaklaridan turib mavzu atrofida muloqot qilishlari hamda fikr almashishlari imkoniyatini yaratmoqda.

 Shuningdek, saylda bir vaqtning o‘zida barcha ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari o‘z postlarida #BoburDay xesh-tegini ishlatgan holda qatnashishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech