26 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Agrosеktor
19 Iyun  2020 886

BMT Taraqqiyot dasturi Xorazmda amalda

BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar tufayli Xorazmda 1 ming 200 gektar yerning suv taʼminoti yaxshilandi.

Xorazm viloyati Yangibozor tumani “Qadriyat” mahallasida 120 gektar tomorqa (dehqon) va dehqon xoʻjaligi maydonlarida ekin yetishtiriladi, chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik ham daromad manbai hisoblanadi.

Ushbu mahalla Yevropa Ittifoqining “Qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida Suv xoʻjaligi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “Texnik salohiyatni oshirish” loyihasi uchun tanlangan yetti hududdan biri hisoblanadi.

BMTning mamlakatimizdagi vakolatxonasidan maʼlum qilishlaricha, shu kunlarda loyiha doirasida “Qadriyat” aholisi va fermerlari uchun suv olishni tartibga soluvchi uskuna qurish ishlari yakunlangan. Natijada suv yoʻqotishlarining sezilarli darajada kamaytirilishiga erishildi. Bu esa 120 gektar tomorqa va 160 gektar tomorqa xoʻjaliklari, shu jumladan 100 gektar bogʻ maydonlari uchun suv taʼminotini yaxshilash imkonini berdi. Saʼy-harakatlar natijasida yaxshilangan suv taʼminoti maydoni 1 ming 200 gektarga koʻpayishi kutilmoqda. Yalpi ichki mahsulotining qariyb 50 foizi qishloq xoʻjaligida ishlab chiqariladigan Xorazm viloyati uchun bu juda ahamiyatlidir.

Undan tashqari, loyiha doirasida tumandagi asosiy suv manbalaridan biri boʻlgan Boʻzop kanalida ikkita nasos stansiyasi qurildi, Daryalik-Arna kanalidagi nasos stansiyalari uchun esa yagona elektr taʼminoti tizimini qurish ishlari tugallandi. Shu tariqa kanaldagi suvni boshqarish samaradorligi sezilarli darajada yaxshilandi va elektr energiyasining narxini pasaytirish imkoni paydo boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, shu vaqtga qadar hududda suv yetishmasligi tufayli har yili hosilning 30-50 foizi nobud boʻlgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech