27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,4 °C

Mamlakatimizda
14 Iyun  2019 517

Blogerlik faoliyati prokuratura himoyasida

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida «2019-yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda jurnalistlar coliq organlari tomonidan bloger Azizbek Ashurboevning telefoni hamda uning «Instagram» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi olib qo‘yilganligi holati yuzasidan ham savol berishdi.

Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev mazkur masala yuzasidan fikr bildirib, ushbu holat Bosh prokuraturaning alohida nazoratiga olinganligi, bugungi kunda Departament tomonidan davlat idoralari xodimlarining bloger A.Ashurboevga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruv tayinlanganligi haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev bugungi Xalqaro blogerlar kuni munosabati bilan yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha blogerlarni mazkur sana munosabati bilan tabrikladi.

Shu o‘rinda Bosh prokuratura O‘zbekiston blogerlarini doimo qo‘llab-quvvatlashi va ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini ma'lum qiladi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech