19 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,2 °C

Tashvishli xabar
8 Yanvar  2019 1194

Old tomoni yaltiroq, orqa hovlisi qaltiroq 67-uy

Poytaxtimizning Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi 67-uyning old tomoni juda chiroyli ko‘rinadi. Shuvoqchilaru bo‘yoqchilarning sidqidildan ishlagani shundoq ko‘rinib turibdi.

Mazkur bino yonidan o‘tayotgan o‘tkinchilar, avtobuslar yo‘lovchilari, yengil avtomashina boshqarayotganlar faqat bir tomonini ko‘rishadi.

Old tomonning orqa tarafi qay ahvoldaligini bilishmaydi-da!

Buni o‘zingiz ham ko‘ring. Olingan suratlarni izohlashga esa hojat yo‘q.

– Bunday xunuk manzara o‘tgan yili may oyida paydo bo‘ldi, – deydi «domkom» Valentina Mayushina. – O‘shanda buldozerlar bilan bu yerdagi garajlarni buzib tashlashdi. Ammo ochilgan hududni yanada chiroyliroq qilishga va’da berishgan bo‘lishsa-da, ishni chala tashlab ketishdi.

Bunday vaziyatda odamlar shikoyat qila boshlashadi, albatta. Biroq Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati bunga «hududni obodonlashtirish maqsadida garajlarni buzish Toshkent shahar hokimining 2017-yil 1-iyuldagi 690-sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan. Ochilgan hududda zamonaviy avtoturargoh, mashinalar qo‘yish joyi va bolalar maydonchasi quriladi», deya izoh berishdi.

Ammo 67-uyning orqa hovlisida ularning birortasi ham yo‘q. Bu tumanning bo‘lmasa, shahar ma’muriyatiga savol: ular qachon bo‘ladi?

Akimjon Adizov.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech