25 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Mamlakatimizda
26 Fevral  2019 3766

Biznes-tuzilmalar fiskal modulni testdan o‘tkazishda ishtirok etishga chaqirildi

Joriy yilning 1-martidan 1-iyuliga qadar Toshkentda onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha pilot loyiha amalga oshiriladi.

 

Mazkur tajriba Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-fevraldagi qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Unda ishtirok etish va test fiskal modulini olish uchun tadbirkorlik sub’ektlari «Yangi texnologiyalar» Ilmiy-axborot markaziga yozma ariza berishlari talab etiladi. Pilot loyiha doirasida u bepul taqdim etiladi.

Keyin «Yuridik shaxslarning kassa apparatlarini ro‘yxatga olish» shaxsiy kabineti interfaol xizmati orqali soliq xizmati mutaxassislariga mos ariza jo‘natib, uni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi. Elektron hisoblash mashinalari yoki boshqa moslamalarga modul o‘rnatilib, sozlangandan so‘ng tadbirkorlik sub’ekti pilot loyiha ishtirokchisiga aylanadi.

Shuningdek, kun davomida nazorat-kassa mashinalari chiqargan kassa cheklarini ham ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech