08 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Xavfsizlik
4 Iyul  2020 363

Birovning risqi buyurmadi

2020-yil 1-iyulda Fargʻona shahar IIO FMB ga ariza bilan fuqaro murojaat qilib, unda voyaga yetmagan ukasiga bezorilar hujum qilgani haqida bayon qilgan va ularga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini soʻragan.

Maʼlum boʻlishicha, 30-iyunda jabrlangan shaxs Fargʻona shahar, Yangi asr koʻchasida ketayotgan vaqtida, 16-yoshli va 18-yoshli yigitlar uni toʻxtatib, urib-doʻpposlab, uning qoʻlidagi narxi 700 000 soʻm boʻlgan “Artel U-5” rusumli telefon apparatini tortib olgan.

Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, jabrlangan shaxsga tegishli boʻlgan “Artel U-5” rusumli telefon apparati bezorilardan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan bu ikkala shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda ulardan biriga yuqorida koʻrsatilgan modda bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Ikkinchisining xatti-harakatlariga qonuniy chora koʻrishi taʼminlanadi. Tergov davom etmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech