15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Xavfsizlik
27 Mart  2019 1816

Birinchi innovasiyon loyiha Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yo’lga qo’yildi

O’zbekiston Hukumati Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qonun bilan ziddiyatdagi voyaga yetmaganlarni adliya tizimidan chiqarish va ularga nisbatan tiklovchi adliya choralarini qo’llash bo’yicha innovasiyon loyihani amalga oshirishni boshladi.

Loyiha voyaga yetmaganlar adliyasi borasida BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyasida belgilangan ikki asosiy xalqaro standartlarni joriy etishga yo’naltirilgan:

-  18 yoshga to’lmagan bolalarni ozodlikdan mahrum etish faqat eng so’nggi chora sifatida qo’llanilishi lozim:

-  18 yoshga to’lmagan bolalarning ishi maqbul yoki imkon bo’lgan sharoitda rasmiy adliya tizimidan tashqarida ko’rib chiqilishi lozim.

“Ushbu loyiha bolalarni maxsus ta’lim-tarbiya muassasalariga joylashning salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan. Zero sudlov jarayoni bolalarning stigmatizasiyasiga olib kelishi mumkin. Endilikda qonun bilan ziddiyatdagi bolalarning ishlari sudlarga oshirilmasdan, tuman prokuraturasi darajasida ko’rib chiqiladi hamda voyaga yetmagan shaxsning huquqbuzarligi tufayli etkazilgan zararni qoplashga ko’maklashadigan alternativ choralar ko’riladi. Ushbu choralar voyaga etmaganlarning reabilitatsiyasiga va reintegratsiyasiga qaratilgan,” - dedi Bosh Prokuratura Akademiyasi boshlig’i Evgeniy Kolenko.

Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etgan 14-18 yoshdagi bolalar hamda ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan 16-18 yoshdagi bolalar Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo komissiya qoshida tashkil etilgan Adliya tizimidan chiqarish bo’limiga yuboriladilar. Maxsus tayyorlangan xodimlar bola va uning oilasi ehtiyojlarini aniqlab, huquqbuzarlikni sodir etgan bolaning xulqini o’zgartirish uchun uning shaxsiga mos ravishda tanlangan faoliyat turlarini ishlab chiqadilar. Shu yo’sinda bola huquqbuzarlikka qayta qo’l urishining oldini olish mumkin bo’ladi.

“Adliya tizimidan chiqarish choralari va tiklovchi adliya yondashuvlarini qo’llashni modellashtirish – voyaga yetmaganlar qayta huquqbuzarlikka yo’l qo’yishlarining oldini olish bo’yicha innovasiyon uslubni sinovdan o’tkazish uchun yaxshi imkoniyat. Mazkur yondashuv dunyoning ko’plab mamlakatlarida ijobiy natijalarni bergan,” – dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. “Agar loyiha muvaffaqqiyat qozonsa, u Toshkentning boshqa tumanlarida va butun mamlakat bo’ylab tadbiq etiladi,” – deb qo’shimcha qildi u.  

Loyiha Toshkent shahri Chilonzor tumanining mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda Bosh prokuratura tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha bu yo’nalish bo’yicha O’zbekistondagi amalga oshirilayotgan ilk qadam bo’lib, UNICEF tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. U qonun bilan ziddiyatdagi bolalar uchun adliya tizimida olib borilayotgan islohotlarga hissasini qo’shadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech