16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Xavfsizlik
10 Aprel  2019 851

Bir kilogrammdan ortiq tilla buyumlarni oqqa bo‘yab ham chegaradan olib o‘tolmadi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Navoiy” chegara bojxona postida zargarlik buyumlarini yashirin tarzda olib o‘tishga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Tadbir davomida mamlakatimizdan mazkur post orqali chiqib ketayotgan fuqaro Yu.O. tekshiruvdan o‘tkazilganda bojxonachilarga ma'lum qilinmagan holda, qo‘lbola usulda oq rangga bo‘yalgan, jami og‘irligi 592,16 grammni tashkil qiluvchi 207,2 million so‘mlik 1 dona zanjir va  2 dona bilaguzuklarni yashirincha olib o‘tayotgani aniqlandi.

Shuningdek, tadbir davomida mamlakatimizdan qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan yana bir fuqaro Yu.M. ham xolislar ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazilganda uning egnidagi kiyimboshidan, qo‘lbola usulda oq rangga bo‘yalgan, og‘irligi 601,89 grammni tashkil qiluvchi  210,6 million so‘mlik 1 dona tilla zanjir va 2 dona tilla bilaguzuklarni yashirincha olib o‘tishga urinishi fosh qilindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech