09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,9 °C

Salomatlik
26 May  2020 572

Berlin Moskvani ogʻir kunda qoʻllamoqchi

Berlin Moskvadan koronavirus bilan kasallangan bemorlarni qabul qilish taklifi bilan chiqdi.

Berlin burgomistri Mixael Myuller Moskva rahbariyatiga Germaniya poytaxti shifoxonalariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarini joylashtirish taklifi bilan chiqqanligini taʼkidladi.

Ushbu siyosatchi bu haqda 24-may yakshanbada chop etilgan Tagesspiegel nashriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Mixael Myuller nashr bilan boʻlib oʻtgan suhbatda — “biz uchun qardosh shahar sanalgan Moskvaga taklif yubordim”, — degan. Uning soʻzlariga qaraganda, “toki javob boʻlmagunicha taklif oʻz kuchida qoladi ekan”. Matbuotdagi xabarda aniqlanishicha, Berlin shifoxonalaridagi yigirma ming atrofidagi yotoq joylardan sakkiz mingtasi boʻsh ekan.

Shuni taʼkidlash joizki, ilgari bu kabi taklif Saksoniya Bosh vaziri Mixael Krechmerdan tushgan. Bu siyosatchi Spiegel nashriga bergan intervyusida Rossiya bilan birdamlikni namoyon qilib, COVID-19 bilan kasallangan rossiyalik bemorlarni Germaniya shifoxonalarida qabul qilish tashabbusi bilan chiqqan. Maʼlumki, pandemiyaning ilk bosqichida Germaniya oʻz shifoxonalarida boshqa mamlakatlardan, eng avvalo Italiya va Fransiyadan bemorlarni qabul qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech