06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,2 °C

Mamlakatimizda
6 Aprel  2020 559

Benzin birja savdolari orqali sotiladi

2020-yil 4-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4664-sonli «Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Neft-gaz tarmog‘i korxonalarining operatsion samaradorligini yaxshilash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.

Neft-gaz tarmog‘idagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi «kompleans-nazorat» tizimi joriy etiladi.

Yuqori malakali xorijiy ekspert va mutaxassislar, shu jumladan xorijdagi vatandoshlarni neft-gaz tarmog‘i korxonalariga ishga yollash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Neft-gaz tarmog‘idagi faoliyat turlarini litsenziyalash takomillashtiriladi va soddalashtiriladi.

«O‘zbekneftgaz» AJ va «O‘zkimyosanoat» AJ ustav jamg‘armalarida davlat ulushi oshiriladi.

2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi va neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech