29 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Xavfsizlik
27 Fevral  2020 7484

Bemorda koronavirus infeksiyasi alomatlari aniqlanmagan

Joriy yil 26-fevral kuni Seul – Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot Seul aeroportiga qaytarilgan.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga tegishli NY 514-reys bilan Seul – Toshkent yo‘nalishida Toshkent vaqti bilan soat 19:02da poytaxtimizga uchgan samolyot 20:55da Seul aeroportiga qaytarilgan.
Bunga sabab uning bortida 1996-yilda tug‘ilgan, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosining salomatligi yomonlashganligi, unda insult alomatlari aniqlanganligi bo‘lgan
Seul aeroportida bemor va uning farzandi hamda bir nafar fuqaro tushirib qoldirilib, bemordan koronavirus infeksiyasiga laborator tahlillar olingan.
Shundan so‘ng, samolyot Toshkent vaqti bilan soat 22:59da Seuldan poytaxtimizga 232 nafar passajir, 12 nafar ekipaj a'zolari bilan jami 244 nafar fuqaro uchgan va 27 fevral kuni, bizning vaqtimiz bilan soat 05:58da Toshkent halqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.
Koronovirusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Seuldan kelgan yo‘lovchilar Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirilib, ular bilan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Seul shahrida qolgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosidan koronavirus infeksiyasiga olingan laboratoriya tahlil natijalariga ko‘ra, unda koronavirus alomatlari aniqlanmagan, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech