24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Ijtimoiy hayot
1 Dekabr  2018 1321

O‘ZIM XON, KO‘LANKAM MAYDON...

Respublikamizda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushgani zo‘r ish bo‘ldi-da! Barcha savollarga javob berishadi, istalgan muammoni hal etishga ko‘maklashadi.

Biroq aslida ham shundaymikan? Aksariyat hollarda, ha.

Ammo «lekin»lari ham uchramoqda...

Poytaxtimiz mahallalaridan birida o‘zini «Qayoqqa uzatsam, qo‘lim yetadi», deb hisoblaydigan bir kimsa uyining oldini jamoatchilik hududi hisobiga kengaytirishga qaror qildi. Xullas, hash-pash deguncha, o‘sha uy oldida qurilish boshlandi va darvozalar o‘rnatildi.

Haligi «qo‘li uzun» kimsa shu yo‘l bilan boshi berk ko‘chada urilgan-pachoqlangan avtomobillarni ta’mirlaydigan ustaxona ochgani yoqmagan qo‘shnilariga, qachon qarama, eshikma-eshik yurib tabiiy gaz va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishni talab qilib, jonga tegib ketgan kommunal xizmatlar nazoratchilariga qarshi to‘siq qurib oldi.

Tabiiyki, o‘sha ko‘chada yashovchi oddiy odamlarga bu ish yoqmadi va «qo‘li uzun» odamga do‘stona, qo‘shnilarcha iliq gapirib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan devorni olib tashlashni iltimos qilishdi. Ammo bunday yalinish va iltimoslardan uning bir tuki ham qilt etgani yo‘q. Endi nima qilishsin?! Qo‘llariga ketmon-belkurak olib qurilishni buzishmaydilar-ku?!. Bu orada soni ancha ko‘paygan norozi kishilar portalning ishga tushganini eshitib qolib, unga beparvo qo‘shnilari bilan o‘rtada yuzaga kelgan muammoni hal qilib berishlarini so‘rab xat yozishdi.

Keyin hammasi boshlandi! Shikoyat xati instansiya bo‘ylab quyiga, tumanga tushdi: u yerda esa, «qo‘li uzun»ning tanish-do‘stlari bor ekan. Shikoyat  xatlari jo‘natilaverib va unga javob yo‘llanaverib, ikki yil ham ko‘z ochib-yumguncha o‘tdi-ketdi. Bu hali yana davom etishi ham mumkin edi. To o‘sha tumanni nazorat qiladigan bir amaldorning o‘z ishiga vijdonan yondashmagunicha. Ancha ovora-yu sarson bo‘lgan qo‘shnilar nihoyat, uzoq kutilgan javobni olishdi, ko‘chani to‘sib qo‘ygan imorat olib tashlanadigan bo‘ldi.

Lyudmila Kalenteva

tayyorladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech