09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33 °C

Tashvishli xabar
3 Mart  2020 1571

Bektemir tumanida yong‘in

Bugun poytaxtimizning Bektemir tumanidagi «Qo‘yliq» bozorida yong‘in sodir bo‘lgan.

3-mart kuni soat 06:54 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasiga Toshkent xalqa yo‘lida joylashgan «Qo‘yliq» bozorining do‘konlaridan birida, shuningdek gril va pirojok tayyorlanadigan xonada  yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bir necha daqiqalarda o‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga yetib kelishgan. Soat 07:10 da xavfli hudud to‘liq qurshab olingan, soat 07-19 da esa olov to‘liq o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida do‘kon va tamaddi xona tomining 40 metr/kvadrat qismi yongan. Qurbonlar yo‘q. Yong‘in sababi o‘rganilayapti, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech