20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,3 °C

Sport
5 Fevral  2019 1512

Bektemir Meliqo‘ziyevning qonidan taqiqlangan modda topilgan

Boks bo‘yicha Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyevning qonidan doping topilgan. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar tarqatdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilgi tekshiruvlardan birida Meliqo‘ziyevning doping tahlillari ijobiy natija bergan. Uning bir muddat musobaqalarda ishtirok eta olmaganiga aynan shu doping test natijalari sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq bu borada rasmiy manbalarda xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar saralab olinadigan so‘nggi O‘zbekiston chempionatida ham ishtirok etmagandi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bunga uning jarohati sabab qilib ko‘rsatilgan.

Hozircha Meliqo‘ziyevning qonidan qanday taqiqlangan modda topilgani va bu borada qanday sanksiyalar qo‘llanilgani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Ayni vaqtda Meliqo‘ziyev mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech