05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Xalqaro hamkorlik
17 May  2020 705

Begona yurtda yolgʻiz qoldirilmadi

Oʻtayotgan haftada Rossiyadagi 202 nafar Oʻzbekiston fuqarosiga moliyaviy yordam berildi.

2020-yil 14-mayda Oʻzbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari “Mehr” loyihasini ishga tushirgan. Dastur doirasida karantin va cheklovlar tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolgan Rossiyadagi yurtdoshlarimizga bir marta beriladigan moddiy yordamni toʻlab berilishi koʻzda tutilgan.

Bu haftada Rossiyada boʻlib turgan 202 ta Oʻzbekiston fuqarosiga umumiy qiymati 1 million 220 ming 960 rubl miqdoridagi moliyaviy yordam ajratildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Ular orasida:

– Rossiya oliy oʻquv yurtlari kunduzgi boʻlimida taʼlim olayotgan 190 talaba;

– COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 8 ta vatandoshimiz;

– 2 nafar nogiron fuqaro;

– 1 nafar qaramogʻida 2 yoshgacha farzandi bor ayol;

– 1 nafar homilasi 7 oydan oshgan ayol.

Yordam murojaat qilgan fuqarolarning shaxsiy bank kartalariga bir martalik pul vositalarini oʻtkazib berish shaklida amalga oshirildi.

Shunday qilib, “Mehr” aksiyasi oʻzining ilk qadamlarini qoʻya boshladi va tez kunlarda biz Rossiyadagi vatandoshlarimizni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi natijalar haqida xabar beramiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech