13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,1 °C

Dolzarb
12 Avgust  2019 878

YEXHT DIIHB odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam berishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasiga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Ingibyorg Solrun Gisladottirning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini qo‘llab-quvvatlashi izhor etilgan maktubi kelib tushdi.

Hujjatda davlatimiz rahbarining mamlakatimiz huquqiy bazasini mustahkamlash borasidagi farmoni, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha Milliy komissiya va Milliy ma'ruzachi institutini tashkil etish muhimligi ta'kidlandi. «Inson huquqlariga asoslangan ko‘p sohali va tarmoqlararo hamkorlik odam savdosiga qarshi kurashish uchun yaxshi vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin», deyiladi maktubda.

DIIHB direktori, shuningdek, Oliy Majlis yuqori palatasi raisining Milliy ma'ruzachi etib tayinlanishi O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish muammosini hal etishda muhim qadam bo‘lishiga amin ekanini bildirgan, deya xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Yakunda Ingibyoorg Solrun Gisladottir DIIHB odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekistonga kelgusida ham yordam berish va zaruriy texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Prezidentimizning farmonini amalga oshirish bo‘yicha ekspert maslahatlarini berishga tayyor ekanini tasdiqlagan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech