19 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,1 °C

Bo‘sh vaqtda
13 Aprel  2019 425

Baxtli bo‘lmoqchimisiz?

Bu ish shunchalik osonki, hatto, xayolingizga ham kelmagan! Asosiysi, ozlashtirish oson.

Ruhshunos Albert Ellis insonga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi turli yomon kayfiyat va kechinmalardan xalos bo‘lishning butun boshli nazariyasini ishlab chiqqan. U hayotdan lazzat olishga xalaqit beradigan va biz qattiq ishonadigan 12 ta «cho‘pchak»larni alohida ta’kidlaydi. Ularning har birini yengib o‘tish —  bu  yaxshi kayfiyat va hayotdan lazzat olib yashash uchun tashlangan qadamdir.

  1. «Men qilayotgan ish hammaga yoqishi va qo‘llab-quvvatlanishi kerak».

Bunday fikr bilan «o‘zgalar meni tinglashadi, yo‘qsa, ular yomon odamlar» tushunchasi ham yonma-yon yuradi. Ushbu fikr nafaqat zararli, balki ahmoqona hamdir. Hamma sizni yaxshi ko‘rib, hurmat qilishiga ishonish va buni kutish juda-juda uzoq cho‘zilishi mumkin. Bu hamisha o‘ziga ishonmaslik va hadik hissini uyg‘otadi.

  1. «Odam mukammal va benuqson bo‘lishi, har bir sohada omadga erishishi kerak».

Bunga ishonish sizni noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Chunki ixtiyoriy ravishda o‘zingizga abadiy qurbon rolini tanlayapsiz. Ammo unutmang, hech kim mutlaq omadli bo‘la olmaydi. Omadlilik haqidagi cho‘pchak «hamisha» va «hech qachon» degan so‘zlar va «buni hyech qachon uddalay olmasam kerak» degan iborani yaxshi ko‘radi. Eng yaxshisi, bisotingizdagi ijobiy fikrlarga alohida e'tibor qarating. Bunga «buni qoyillatib uddalashimga qattiq ishongandim» kabi so‘zlar kiradi.

  1. «Xatoga yo‘l qo‘yganlar jazolanishi kerak».

O‘zga kishilar xatti-harakatlarini muhokama qilishga moyillik hech qachon sizga xotirjamlik, lazzat va yaxshi hissiyotlarni ato etmaydi. Biror kishini muhokama qilishdan oldin uning nuqtai nazarini tushunishga, uning hayot tarzi haqida ko‘proq bilishga harakat qiling. Bu uni yaxshi tushunishingizga yordam beradi. Orangizda iliq munosabatlar o‘rnatilmagan taqdirda ham mojaroli holatlar bo‘lmaydi.

  1. «Biror narsaning ko‘ngildagidek chiqmasligi — dahshat!».

Agar omadsizlikka uchragan bo‘lsangiz, bu ko‘ngilsiz, albatta. Biroq bunday fikrlash orqali siz atrofingizdagilarni falokatlar qatoriga kiritib qo‘ygan bo‘lasiz. Boshqacha aytganda aynan, o‘zingiz pashshadan fil yasaysiz. Hodisani juda chuqur dramatik ko‘rinishga olib kelib, hatto, falokat, albatta, sodir bo‘lishiga ishonishga ham tayyor turasiz.

  1. «Inson o‘z hukmi o‘tmagan tashqi holatlardan kayfiyati buzilib, qayg‘uga cho‘madi».

Bizning sodir bo‘lgan hodisadan emas, balki o‘zimiz chiqaradigan xulosadan kayfiyatimiz buziladi. Agar o‘zimizda hammasiga yo‘l yo‘q, degan hisni uyg‘otsak, qayg‘u va kayfiyat buzilishi cheksiz davom etishi mumkin.

  1. «Ko‘ngilsizlik xavotir hissini uyg‘otadi. Xavf o‘tib ketmaguncha uni hamma vaqt kutish mumkin».

Bunday pozitsiya kuchni qirqadi. Chunki ko‘ngilsizlikning o‘zidan ham ko‘ra, uning sodir bo‘lishini kutish, asabni taranglashtiradi va tinkani quritadi. Kutilayotgan voqyea-hodisalarga hushyorlik ko‘zi bilan qarang va ularni bartaraf etish yo‘llarini qidirib topishga intiling. O‘zingizni qo‘rqitmang!

  1. «Hayot qiyinchiliklari va mas'uliyatdan qochish, ularni bartaraf etishdan oson».

Inson erkin va o‘zi istagan qarorga kelishi mumkin. Bu uning irodasiga bog‘liq. Јaysidir ma'noda inson o‘z taqdiri ijodkori hamdir. Bunga ijobiy va salbiy hissiyotlar ham kiradi. Xullas, hissiyotlaringiz uchun faqat o‘zingiz mas'uliyatni to‘liq zimmangizga olishga haqlisiz.

  1. «Suyansa bo‘ladigan kuchliroq «tank» kerak».

Bu o‘z hayoti uchun mas’uliyatni yana kimgadir yuklash degani. Bir qarashda qulaydek tuyuladi-yu, ammo o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotish va boshqalarga bog‘liq bo‘lib qolishni «tuhfa» qiladi, xolos.

  1. «O‘tgan zamonda bizga tasir qilgan holat, bugungi xatti-harakatimizni begilab beradi».

Agar o‘tmishning o‘zi sizga g‘am-anduhga tushishni «shipshisa», bu faqat bir narsani bildiradi: demak, uni o‘zingiz xotirangizda qayta tiklayapsiz. Agar o‘tmish xotiralari sizni qayg‘uga cho‘mdirsa, uni «qayta tiriltirmang».

  1. «Boshqalarning nima qilayotgani biz uchun o‘ta muhim. Ularning zarur yo‘nalishga tushishiga esa bor kuchni safarbar qilish kerak».

Bu ko‘pgina ko‘ngilsiz daqiqalarni baxsh etuvchi juda keng tarqalgan fikr. U zamirida boshqalarga qanday yashash kerakligi ko‘rsatib qo‘yish yotgan va faqat birgina siz biladigan yaqinlar haqida qayg‘urish shaklida ham bo‘lishi mumkin. Hamma gap shundaki, o‘zgalarning qanday xatti-harakatlarni sodir etishi emas, balki o‘sha xatti-harakatlarning shaxsiy talqini sizning kayfiyatingizni tez-tez tushiradi.

  1. «Har qanday muammo bitta yagona, to‘g‘ri yechimga ega. O‘sha to‘g‘ri yechimni topa olmaslik — dahshat!».

Boshqacharoq nuqtai nazar haqiqatga yaqinroq: aksariyat muammolar bir necha yechimga ega. Biroq har qaysining o‘z qulayligi va kamchiligi, kuchli va zaif tomonlari bor. Shu bois turli variantlarini qidirish va ularni bir-biri bilan solishtirib ko‘rishdan erinmang.

  1. «Shaxsiy kechinma va tuyg‘ularni nazorat qilish mumkin emas».

Bu tasdiqning hyech qanday asosga ega emasligini o‘zingiz ham tushuntirib bera olsangiz kerak. Har ehtimolga qarshi yana bir marta takrorlaymiz: juda kamdan-kam hollarda siz o‘z his-tuyg‘ularingizni jilovlay olasiz va bunga javob ham bera olasiz. Shunday ekan demak, ko‘ngil xotirjamligi va baxtiyorlik hislari uchun ham.

Nurbek G‘AFFOROV tayyorladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech