31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Xavfsizlik
31 Mart  2020 398

Barchasi o‘z manzillariga yetkaziladi

Farg‘ona viloyat hududida 2 ming 227 nafar fuqarolar endemik davlatlardan kelgan bo‘lib, ularning 72 nafari turli korxonalarda ishlayotgan chet el fuqarolaridir.

Mazkur shaxslarning 875 nafarini 14 kunlik tibbiy kuzatuv muddati tugallanib, sog‘ligi qoniqarli deb topildi. Shuningdek, charter aviareyslar orqali Turkiya va Tailand davlatidan hamda Quvasoy shahridagi «O‘zbekiston» chegara bojxona postidan mamlakatimiz fuqarolari olib kelinib, karantinga joylashtirildi. Bu maskanlarga malakali tibbiyot xodimlari biriktirilib, ularning sog‘ligi doimo nazoratda. Karantinga olingan fuqarolarga tashqariga chiqish, yaqinlari bilan muloqot qilish mumkin emas.

31-martga qadar viloyatda 26 kishiga koronovirus tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, ularning barchasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida belgilangan muolajalar asosida davolanmoqda. Infeksiyaga chalinganlarning 9 nafari Farg‘onadan bo‘lib, qolgan 17 nafari xorijdan charter reys orqali olib kelingan mamlakatimizning boshqa hududlari fuqarolaridir. Ular to‘liq sog‘aygach, o‘z manzillariga yetkaziladi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech