06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Moliya
13 Aprel  2020 1738

Bank tizimi barqaror

«Moody’s» Koronavirus pandemiyasining tasiriga qaramay O‘zbekiston bank tizimini barqaror deb baholadi.

«Moody’s»  xalqaro reyting agentligining 2020-yil 8-aprelda e’lon qilingan hisobotida O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi prognozi «barqaror» darajada saqlab qolingani ma’lum qilindi. Bunda, respublika bank tizimining MDH mamlakatlariga nisbatan Koronavirus pandemiyasining ta'siriga bardoshliroq ekanligi asosiy omil sifatida ko‘rsatildi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda davlat sektorining mamlakat iqtisodiyoti va bank tizimida salmoqli ulushga ega ekanligi va moddiy zaxiralar yaratganligi koronavirus tarqalishi sababli iqtisodiy faoliyat buzilishining banklarning aktivlari sifatiga bo‘lgan ta’sirini cheklaydi. Mustahkam moddiy zaxiralar va oldingi katta daromadlar iqtisodiy sharoitning yomonlashuvi natijasida ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun yetarli hisoblanadi. Biroq, davlat banklaridagi kreditlarning o‘sishi ularning likvidlik zaxiralariga nisbatan bosimni kuchaytiradi.

«Moody’s» agentligi fikricha quyidagi omillarni O‘zbekiston bank tizimining barqarorligiga ijobiy ta'sir qilishi kutilmoqda:

-  bank tizimi kredit portfelida davlat korxonalariga berilgan kreditlar ustunlik qilishi va ushbu qarz oluvchilar davlatning yordamiga suyanishi mumkinligi berilgan kreditlar ishonchliligini oshirib, banklar aktivlarining sifati yomonlashishi xavfini kamaytiradi;

- respublikaning asosiy savdo hamkor davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Turkiya milliy valyutalarining sezilarli darajada qadrsizlanishiga qaramay, so‘mning qiymati AQSh dollariga nisbatan barqaror bo‘lib qoldi. Bu, o‘z navbatida, xorijiy valyutada ifodalangan aktivlarning inflyasiyaga uchrash xatarini cheklaydi va kapitalizatsiya darajasining barqarorligini ta'minlaydi;

- YaIMning 52 foizi qiymatiga teng zaxiralar bilan O‘zbekiston hukumati mamlakat iqtisodiyoti va bank tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun katta salohiyatga egadir.

Shu bilan birga, agentlik tomonidan quyidagi salbiy omillar sanab o‘tildi:

- Koronavirus pandemiyasi tufayli hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan birinchi navbatda kichik va o‘rta biznes subektlari, jismoniy shaxslar, nooziq-ovqat iste'mol tovarlari chakana savdosi, umumiy ovqatlanish korxonalari, transport va turizm sohasiga oid biznes subektlari va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar zarar ko‘radi;

- banklarning milliy valyutadagi omonatlarini xorijiy valyutaga konversiya qilish natijasida omonatlar chiqib ketishini oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlari bilan bog‘liq moliyalashtirish xarajatlari oshgan sari Sof foizli marja (Net interest margins) kamayadi. Bu, yuqori zaxira to‘lovlari bilan birga, rentabellikni pasayishiga olib keladi;

- sektorning o‘rtacha likvidlik koeffitsienti 2020-yil 1-mart holatiga jami aktivlarning qariyb 16 foizini tashkil qildi. Davlat banklarida kreditlashning o‘sishi hisobiga likvidlik zaxiralari bosim ostida qoladi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech