21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12 °C

Moliya
24 Yanvar  2019 1827

Bank qonunchiligini buzgan banklar va kredit tashkilotlari 2018-yilda qancha jarima to‘ladi?

Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.

2018-yilda Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi talablarini buzganligi uchun qator banklar va kredit tashkilotlariga choralar ko‘rildi. Jumladan, 12 ta bankka nisbatan ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqlab qo‘yildi va 28 ta bankka nisbatan jami 20,5 mlrd. so‘m miqdorida jarima undirish kabi ta’sir choralari qo‘llandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jarima choralari quyidagi holatlar uchun qo‘llanilgan:

  1. a) 13 ta bankda inspeksiya natijalarida aniqlangan tartibbuzarliklar bo‘yicha – 5,9 mlrd. so‘m;
  2. b) 24 ta bankda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi tartibbuzarliklar bo‘yicha – 5,1 mlrd. so‘m;
  3. v) 24 ta bankda iqtisodiy me’yorlarga rioya qilinmaganligi uchun – 4,2 mlrd. so‘m;
  4. g) 8 ta bankda ichki nazorat qoidalari talablariga amal qilinmaganligi uchun – 3,8 mlrd. so‘m;
  5. d) 2 ta bankda bank xizmatlari iste’molchilari huquqlari buzilganligi uchun – 120 mln. so‘m (ushbu jarima amaliyoti yaqinda joriy etilgan) miqdorida undirilgan.

Banklardan tashqari, inspeksiya natijalariga ko‘ra 9 ta mikrokredit tashkilotlaridan 170 mln. so‘m va 3 ta lombardlardan 27,6 mln. so‘m miqdorida jarimalar undirilgan.

2018-yilda qo‘llanilgan choralar bo‘yicha Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish va ularning kelgusida yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuborilgan.

Joriy yilda ham Markaziy bank kredit tashkilotlari tomonidan bank qonunchiligiga rioya etilishi ustidan qat'iy nazoratni amalga oshirishni, shuningdek, tartibbuzarliklarni oldini olish maqsadida oldindan ta'sir choralarini qo‘llashni davom ettiradi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech