05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Xavfsizlik
25 Mart  2020 545

Bank naqd shakldagi to‘lovlardan cheklanishga chaqiradi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirishda naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo‘lishi mumkin. Virus qog‘oz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashashi ma'lum qilingan.

Shundan kelib chiqqan holda, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalaridagi va tijorat banklaridagi naqd pullar saqlanadigan pul omborxonalari va qayta sanash kassalari hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan vaqti-vaqti bilan (haftada 1-2 marotaba) dezinfeksiya qilinmoqda.

Bunga qo‘shimcha ravishda, barcha bank muassasalariga:

- bank kassalariga kelib tushgan naqd pullarni kamida bir hafta muddatda pul omborxonalarida alohida (xonada yoki stellajlarda) saqlash;

- ushbu naqd pullarni mijozlarga chiqim qilishda pul bog‘lamining nakladkasida qayd etilgan sanaga e'tibor qaratish tavsiya etiladi.

Naqd pullar karantinda saqlanayotgan davrda qo‘shimcha naqd pullarga ehtiyoj yuzaga kelgan taqdirda, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi.

Biroq, bitta banknotning qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi oqibatida banklarga kelib tushishi uzoq muddatga cho‘zilib ketishi ehtimoli yuqori.

Hozirda ayrim savdo nuqtalarida tovarlarni onlayn xarid qilish, to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish, mobil ilovalar orqali kommunal va ayrim bir martalik to‘lovlarni to‘lash imkoniyatlari yaratilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, karantin davrida aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga:

- to‘lovlarni naqd shaklda amalga oshirish va qabul qilishdan cheklanish;

- naqd pulsiz (shu qatorda kontaktsiz to‘lov kartalari orqali) hisob-kitoblardan keng foydalanish va foydalanilgan bank kartasini tibbiyot spirti yoki boshqa antiseptik vositalar bilan artib, dezinfeksiya qilib turish;

- shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirishda imkon qadar banklarning masofaviy xizmatlaridan, jumladan internet-banking, mobil ilovalari hamda to‘lov tashkilotlarining dasturlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech