13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Moliya
1 Noyabr  2019 383

Bank-moliya akademiyasi O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazildi

“Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (31.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, Bank-moliya akademiyasi O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazilib, u Akademiyaning ta'sischisi etib belgilandi.

2018 va 2019-yillarda Akademiya magistraturasiga qabul qilingan shaxslar uchun magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaldagi ta'lim dasturlarini, shuningdek, Akademiyaning sarf-xarajatlarini magistraturada davlat granti asosida ta'lim olayotgan shaxslarning o‘qishi tugagunga qadar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra 2020-yilning 1 fevraliga qadar  2020-2025-yillarda Akademiyani rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Ma'lumot uchun, Bank-moliya akademiyasi O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 2-maydagi Farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech