16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Sport
11 Aprel  2019 676

Bahodir Jalolov professional boksdagi oltinchi jangida ham muddatidan avval  g‘alaba qozondi

Hamyurtimiz Bahodir Jalolov professional boksdagi oltinchi jangini o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

 

AQShning Nyu-York shtatida “NABF Junior Heavyweight Title” titul kamari uchun kechgan bahsda vakilimiz o‘z ustunligini namoyish qilib, yakunda ham chiroyli g‘alabani tantana qildi.

Amerikalik Brendan Barretga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan, aniqrog‘i, birinchi raundning o‘zida raqibini nokautga uchratdi. Ta'kidlash joiz, jang sanasiga bir kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat yurtdoshimizga sira halal bermadi.

Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zining oltinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, “NABF Junior Heavyweight Title” titul kamarini qo‘lga kiritish bilan birga super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Endi bokschimiz 16-27-aprel kunlari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoa ixtiyoriga qo‘shiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech