22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,8 °C

Sport
16 Iyul  2019 430

Bahodir Jalolov keyingi haftada navbatdagi jangini o‘tkazadi

Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov iyul oyida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar tarqatdi GoSport.uz internet-nashri.

Ma'lum qilinishicha, Jalolov 24-iyul kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma'lum emas. Sportchi tez kunda bu borada ham ma'lumot berishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov bunga qadar, so‘nggi marta joriy yilning 10-aprel kuni AQShda Brendan Barrettga qarshi jangda g‘alaba qozonib, Shimoliy Amerika boks federatsiyasi — NABFning ikkinchi darajali kamari (NABF Junior) chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Keyinroq u havaskor bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etib, ketma-ket ikkinchi marta mazkur musobaqa oltin medaliga ega chiqqan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech